Mourino Ronaldu nima uchun «MYu»ga qaytmasligini aytdi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash imkoniyati haqida gapirdi.
«Biz bu haqda hech qachon o‘ylamaganmiz, chunki u «Real» uchun juda muhim futbolchi. Bundan tashqari, «Real» badavlat klub, shu tufayli ham Ronalduning ketishi uchun hech qanday asos yo‘q.
Shunday ekan, qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘q futbolchilarni jamoamga taklif qilmayman», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan As.
O‘tgan oyda Ronaldu Madriddan ketishi haqida ma'lum qilgach, «Manchester Yunayted» unga asosiy da'vogar ekani aytilgandi. Keyinroq manchesterliklar murabbiyi va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar tufayli transfer amalga oshmasligi haqida xabarlar tarqaldi.
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
12:33 / 15.09.2024