Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 3 oy ichida advokatlar uchun 700 ming dollar sarfladi
AQSh prezidenti Donald Tramp va uning jamoasi keyingi 3 oy ichida «yuridik maslahatlar» uchun 700 ming dollar sarflab yubordi. Bu haqda Politico xabar tarqatgan.
Aprel oyidan iyungacha Tramp jamoasi yuristlarga 677,8 ming dollar sarflagan. Birinchi chorakda bu miqdor 250 ming dollardan ortiq bo‘lmagandi.
Ikkinchi chorakda esa Donald Trampning o‘g‘li manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Alan Futerfasning o‘ziga 50 ming dollar sarflangan.
The New York Times gazetasi Trapmning o‘g‘li rossiyalik advokat Natalya Veselnitskaya bilan uchrashgani haqida xabar tarqatganidan so‘ng ushbu o‘tkazma amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Tramp saylovoldi kampaniyasi boshlaganidan buyon 4,5 mln dollardan ortiq mablag‘ni advokatlar xizmatlari uchun sarflagan.
Bu mablag‘lar Tramp keyingi saylovoldi kampaniyasi uchun to‘plagan jamg‘armadan ajratilmoqda.
Mavzuga oid
22:26 / 07.06.2026
Boshlovchi bilan aytishib ketgan Tramp intervyuni to‘xtatdi
20:25 / 07.06.2026
Tramp Xominaiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirdi
14:20 / 06.06.2026
Tramp Netanyahudan nega norozi?
22:15 / 05.06.2026