O‘zbekiston | 17:35 / 17.07.2017
6658
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Toshkentga keladi

2017 yilning 19 iyul kuni Toshkent shahriga Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar va Infratuzilmalar, texnologiyalar va kadrlar resurslari bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Humoyun Qayumi boshchiligidagi delegatsiyalari amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid