Kamerunning janubi-g‘arbiy qirg‘og‘ida ushbu mamlakat nufuzli bo‘linmalari harbiy xizmatchilarini olib ketayotgan kema to‘ntarilib ketdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Ta'kidlanishicha, kema Limba shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda to‘ntarilgan. Bortda o‘nlab harbiylar, jumladan, polkovnik ham bo‘lgan.
Ayni damda bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.