Jahon | 13:22 / 17.07.2017
5723
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyada 100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Tekirdog‘ viloyatida muxolifatchi Fathulloh Gulenning tashkiloti bilan aloqadorlikda gumonlangan 115 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Hurriyet Daily News huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbaga asosan yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, viloyat prokuraturasi 127 kishini hibsga olish haqida order bergan. Ular orasida tadbirkorlar, politsiyachilar va uy bekalari ham borligi aytilmoqda. Bu shaxslar FETO a'zolari tomonidan shifrlangan xabarlarni almashishda qo‘llaniluvchi ByLock dasturidan foydalanishda gumon qilinmoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, qolgan gumonlanuvchilarni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot davom etmoqda.

Avvalroq Turkiyada to‘ntarishga urinishning bir yilligi oldidan 7 ming kishi ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid