Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada to‘ntarishga urinishning bir yilligi oldidan 7 ming kishi ishdan bo‘shatildi
Turkiya hukumati harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng kiritilgan favqulodda holat rejimi doirasida kuch tuzilmalari va davlat idoralarining 7 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni e'lon qildi. Bu haqda Interfaks mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.
Ishdan bo‘shatilganlar orasida – politsiya xodimlari, harbiy xizmatchilar va davlat idoralari vakillari bor. Ta'kidlanishicha, xizmatdan 2,3 mingdan ortiq politsiyachi chetlatilgan.
Qaror Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinishning bir yilligi arafasida e'lon qilindi.
Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish 2016 yilning 16 iyul kechasiga o‘tar kechasi ro‘y berdi, biroq isyonchilarning rejalari muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Anqara isyonni tashkillashtirishda AQShda istiqomat qiluvchi muxolifatchi Fathulloh Gulenni ayblamoqda.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026