Jahon | 10:45 / 17.07.2017
9906
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Armaniston va Ozarboyjonni yarashtirib qo‘ymoqchi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya Armaniston prezidenti Serj Sargsyan va Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyevning o‘zaro uchrashuvini tashkillashtiradi. Bu 2017 yilning oxiriga qadar ro‘y beradi, deb yozmoqda «Izvestiya» gazetasi Rossiya TIVdagi manbaga asosan.

«Moskva bu masalada bosh vositachiga aylandi, sababi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkilotining Qorabog‘ bo‘yicha (AQSh va Fransiya) Minsk guruhidagi boshqa hamraislarning Boku hamda Yerevan vakillarini muzokaralar stoliga o‘tkazish bo‘yicha harakatlari muvaffaqiyat keltirmadi», - deya xabar beradi nashr.

Rossiya TIVdagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya «Yerevan va Bokuni muzokaralar stoliga o‘tkazishga harakat qildi, biroq bu hech qanday foyda keltirmadi».

«Shu bilan bir qatorda, muloqotni davom ettirish prinsipial ahamiyatga ega. Aynan shuning uchun mintaqada keng ko‘lamli urush boshlangani yo‘q. Biroq tomonlarning maqsadi va vaziyatni ko‘rishi hamon turlicha», - deya ta'kidlab o‘tgan u.

Avvalroq Armaniston prezidenti Serj Sargsyan Ozarboyjonga rus qurolining yetkazib berilishi tufayli Rossiya bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish haqidagi bayonotlar xavfli ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid