Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida. Bu haqda The Hill nashri ma'muriyatning yuqori lavozimli mulozimlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ularning aytishicha, Oq uy Kongressdagi hisobotida Eronning yadro kelishuvini ado etayotganini bildirmoqchi.
Ma'muriyat vakillari qayd etganidek, AQSh prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Reks Tillerson «Eron AQSh manfaatlari va mintaqaviy barqarorlikka eng xavfli tahdidlardan biri bo‘lib qolayotganini» ta'kidlash niyatidalar.
Xabarlarga ko‘ra, Tramp ma'muriyati «Eronning faqatgina yadro kelishuviga e'tibor qaratadigan emas, balki barcha g‘arazli siyosatini barbod qiladigan» strategiyani ishlab chiqarmoqchi.
Mulozimlardan birining so‘zlariga ko‘ra, bu strategiya «Eronning mintaqada o‘zini yomon tutayotgani uchun mas'uliyatiini oshirishga qaratilgan» yangi sanksiyalarni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026