Sport | 22:10 / 18.07.2017
18046
2 daqiqa o‘qiladi

«Neymar shou» davom etadi. Ishga Alves ham aralashgan bo‘lishi mumkin

Neymar «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishi bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma'lum qilindi.

Braziliyaning Lance nashrida futbolchini Parij klubiga o‘tishga undagan sabablar haqida yozilgan.

Unda birinchi navbatda Neymar jamoadoshi Lionel Messining soyasida qolib ketayotgani va shaxsiy sovrinlar uchun imkoniyatga ega bo‘lmayotgani keltirilgan.

Shuningdek, biroz oldinroq «PSJ» safiga o‘tgan braziliyalik boshqa futbolchi Dani Alves Neymarni birga o‘ynashga taklif etgani taxmin qilingan.

Uchinchidan esa, «PSJ» 25 yoshli futbolchiga juda katta maosh va'da qilgan. Ayni vaqtda Neymarning «Barselona»dagi yillik maoshi miqdori 15 mln yevroga teng.

To‘rtinchi sabab esa, parijliklar rahbariyati Neymarning agenti bo‘lmish otasi bilan yaxshi munosabatga egaligida bo‘lishi mumkin.

Nashr Neymar va «PSJ» o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilganini ta'kidlagan. Shu bilan birgalikda, u fikrini o‘zgartirmasligiga kafolat ham yo‘q.

Bundan avvalgi xabarlarda Parij klubi futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan badal pulini - 222 mln yevroni to‘lashga tayyorligi aytilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid