Jahon | 08:30 / 19.07.2017
13906
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asadning o‘g‘li otasi va mamlakatdagi vaziyat haqida gapirdi

Foto: Reuters

Suriya prezidenti Bashar Asadni “diktator” deb atayotgan kishilar, bu davlatdagi haqiqiy vaziyatdan bexabar. Bu haqda Suriya prezidentining 15 yoshli o‘g‘li Hofiz Asad O Globo nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sky News.

Asadning o‘g‘li Rio-de-Janeyro shahriga Suriya delegatsiyasi tarkibida Xalqaro matematika olimpiadasiga kelgan.

“Otam qanday ekanini men bilaman. U haqda kishilar turli gaplarni aytishadi. Ko‘p vaziyatlarda salbiy fikrlar uzoqni ko‘ra bilmaganlar tomonidan bildiriladi. Biroq, ular aytayotgan narsalar haqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaydi”, - deya ma'lum qildi Hofiz Asad.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u ham mamlakatida ro‘y berayotgan dahshatlarni ko‘rishga majburdir.

“Xalq va hukumat mamlakatni bosib olmoqchi bo‘lgan bosqinchilar bilan kurashda yakdil”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Suriya prezidentining o‘g‘li.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid