Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Lasetti” ichidan buyum va pullarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
2017 yilning 13 iyul kuni taxminan soat 10:00larda noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumanidagi Grand-Medel MChJ binosi qarshisida bo‘la turib, shu yerda fuqaro Akbarali Ahmadjonovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasi eshiklari qulflanmagan holatda qolganidan foydalanib, uning salon qismidan pullar va Xiaomi rusumli uyali telefonini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Shoh-Abbos Shonazar o‘g‘li Shodmon va Murodjon Irsimbetov sodir etganliklari aniqlangan.
Shodmon Sh. va M.Irsimbetovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
15:29 / 13.01.2026