Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Orol dengizigacha avtoralli o‘tkaziladi
Shu yilning 2-9 avgust kunlari dunyoga mashhur Discover rallytour tomonidan Toshkent shahridan Orol dengizigacha bo‘lgan oraliqda 4000 kilometrlik ralli bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Kruz.uz.
Eng muhimi, bunda istagan fuqaro qatnashishi mumkin, faqat ishtirok etish uchun 1 850 000 so‘m to‘lasa kifoya.
Musobaqa tashkilotchilari ishtirokchilarga barcha sharoitlar bilan qulayliklarni yaratishni va'da qilishmoqda. Ya'ni, rallida o‘z avtotransportlarida ishtirok etuvchi fuqarolarni sayohat davomida texnik yordam mashinalari kuzatib borishadi.
Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad - avval dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining hozirgi holatini ko‘rish, insonlarning tabiat boyliklaridan unumsiz foydalanishlarining oqibatlarini dunyoga tanitib, bundan tegishli xulosa chiqarishdir.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026