Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yarim kilogrammga yaqin marixuana saqlagan shaxs aniqlandi
Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida shu tuman Eski-Haqqulobod QFYda yashovchi M.O jami 42 gramm marixuana giyohvand moddalarini 175.000 so‘mga sotayotganida ushlandi.
Bu haqda Andijon viloyati matbuot xizmati xabar qilmoqda. Uning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda u uyining omborxonasida 390 gramm marixuana giyohvandlik moddasini noqonuniy saqlayotgani aniqlangan.
Tadbir davomida jami 432 gramm marixuana giyohvand moddasi daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda, ushbu holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026