Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda masjid oldida qoldirilgan mashinalarga o‘g‘irlikka tushgan shaxs ushlandi
Andijon shahar "To‘klik" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro 1997 yilda tug‘ilgan A.L shaharning O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Imomi A'zam” jom'ye masjidi oldida qarovsiz qoldirilgan ikkita avtomashina eshigini o‘tkir tig‘li jism bilan ochib, o‘g‘irlikka tushgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ya'ni, Xo‘jaobod tumanida yashovchi X.Z ga tegishli Damas avtomashinasi salonidan 300 000 so‘m pullari va Samsung rusumli telefon apparatini, shu tumanda yashovchi S.A ning Nexia avtomashinasi salonida bo‘lgan 1 000 000 so‘m pullari va Samsung rusumli telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida A.L dan ashyoviy dalil sifatida telefon apparatlari olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026