Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havayida KXDRning ehtimoliy yadro hujumiga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi
Havayi orollari aholisi KXDR tomonidan uyushtiriladigan ehtimoliy yadro hujumiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi, deb xabar bermoqda Associated Press agentligi.
Shtatdagi qonun chiqaruvchilar sovuq urush davridagi rejalarni yangilashni talab qilishgan. Bu ushbu orolga qadar yetib kelishi mumkin bo‘lgan yadro quroli va ballistik raketalarni ishlab chiqayotgan Shimoliy Koreya tomonidan ortib borayotgan tahdidga qarshi turishda yordam berishi kerak, deyiladi xabarda.
Havayining favqulodda holatlar bo‘yicha agentligi ta'lim dasturini ishga tushirdi, uning doirasida, noyabrdan boshlab, har oyning birinchi ish kunida yadro hujumidan ogohlantirish tizimi sinovdan o‘tkaziladi. Havayiliklar ilk bora bunday sirenani 80-yillar oxirlarida eshitishgan, deya ta'kidlaydi agentlik.
Kishilar varaqalar va teledasturlar orqali trevoga paytida nima qilish kerakligi borasida xabar etiladi. Pana joyni topishga 15-20 daqiqa vaqt sarflanishi kerak, hamda barcha xatti-harakatlar avtomatlashtirilgan darajaga olib chiqilishi darkor, deya ma'lum qilishgan favqulodda xizmatlar vakillari.
Ularning qayd etishicha, tabiiy ofatlar bilan ko‘p to‘qnash keluvchi havayiliklar avariyaviy majmuaga ega bo‘lishlari lozim, undan ikki haftalik oziq-ovqat zaxirasi va suv joy olishi kerak.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026