Neymar «PSJ» bilan kelishuvga erishdi
«Barselona» hujumchisi Neymar Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tishga tayyor bo‘lib turibdi va parijliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deya xabar beradi ESPN FC.
Manba bergan xabarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi «PSJ» rahbariyatiga ham ularning jamoasiga o‘tishni istayotgani haqida xabar bergan. U fransuz klubining «Barselona»ga Neymar transferi uchun 222 mln yevroni tovon puli sifatida to‘lashi kerakligini anglatadi.
25 yoshli Neymar otasi bilan birga «PSJ» vakillari bilan bir necha kundan beri muzokaralar olib borgan. Tomonlar futbolchining yillik maoshi 30 mln yevrodan iborat bo‘lgan to‘rt yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Futbolchining o‘zi ham agar jamoasini almashtiradigan bo‘lsa, buning evaziga katta pul ishlab oladi.
Agar Neymarning transferi amalga oshsa, bu futbol tarixidagi rekord bo‘ladi. Hozirda bu rekord «Manchester Yunayted» futbolchisi Pol Pogbaga tegishli bo‘lib, jamoa uning uchun «Yuventus»ga 105 mln yevro (bonuslar bilan 110 mln yevro) to‘lagandi.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024