Jamiyat | 01:03 / 23.07.2017
4746
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda Milliy matbuot kuni nishonlandi

22 iyul kuni Ozarboyjon Respublikasida Milliy matbuot kuni nishonlanadi. Bugungi kunda mamlakatda 40 ta har kunlik nashr chop etiladi. Faol internet saytlari soni 400 ta atrofida. Anjumanda bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar ham ishtirok etishgan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda respublika prezidenti yordamchisi Ali Hasanov so‘zga chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda birinchi gazeta nashrdan chiqqaniga 142 yil bo‘lgan, deb xabar bermoqda tadbirda qatnashgan “Kun” muxbiri. 

Hasanovning aytishicha, davlat hukumati Milliy matbuot kuni munosabati bilan bir guruh faol jurnalistlarga xonadon uylarni sovg‘a qilish an'anasini yo‘lga qo‘ygan.Bu yil ham prezident Ilhom Aliyev tashabbusi bilan qator jurnalistlar mehnati munosib taqdirlangan.

2013 yilda 150 ta uy  OAV xodimlariga berilgan bo‘lsa, 2017 yilda 255 ta uy kaliti jurnalistlarga topshirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy, siyosiy, adolat yo‘nalishlari, qochqinlar hayotini yoritgan jurnalistlar maxsus mukofotlar bilan taqdirlanishgan. 

Mavzuga oid