Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev: siyosat bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganman
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning ma'lum qilishicha, o‘z vakolatlari muddati yakuniga yetganidan so‘ng davlat lavozimlarini egallash bo‘yicha rejalari yo‘q. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Men hech qanday lavozimni istamasdim, men ozodlikni xush ko‘ruvchi insonman, siyosat bilan shug‘ullanishga esa majbur bo‘lganman», - dedi u.
Atamboyevning so‘zlariga ko‘ra, biznes bilan muvaffaqiyatli shug‘ullangan. Qayd etilishicha, bu holat prezident Asqar Akayevning oilasi uni tortib olgunga qadar ro‘y bergan, so‘ng Atamboyev «biznesini arzimagan pulga sotib yuborish va mablag‘larni siyosatga yo‘naltirishga majbur bo‘lgan». Uning ta'kidlashicha, «biznes uchun jannat yaratishni istaydi, bunda tadbirkorlar o‘z biznesini himoya qilib parlamentga borib yurishlari kerak bo‘lmaydi».
Avvalroq Atamboyev Qirg‘izistonni biznes uchun «eng yaxshi joy» deb atagandi
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026