Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «Barselona»ga o‘z shartini ma'lum qildi
«Barselona» hujumchisi Neymar agar shartnomasida moliyaviy jihatlar yaxshilab berilsa, jamoada qolishga rozi bo‘ladi. AS ma'lumotiga ko‘ra, uning agenti hisoblanadigan otasi muzokaralar vaqtida shunday talabni ilgari surgan.
Qayd etilishicha, klub vakillari shartnomadagi moliyaviy jihatlarni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqchi. Shu bilan birgalikda, parallel ravishda Parij vakillari bilan muzokara o‘tkazgan.
O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlanishi haqida xabarlar tarqaldi.
«PSJ» esa 25 yoshli bu futbolchini 222 million yevroga transfer qilib, u bilan yiliga 30 million yevro miqdoridagi maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma tuzishga tayyor.
Neymar «Barselona» tarkibida 2013 yildan buyon o‘ynamoqda. U jami 186 o‘yinda maydonga tushib, 105ta gol urgan va 80ta golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
15:43 / 31.05.2026