Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahar hokimi lavozimini egallagan mushuk hayotdan ko‘z yumdi
Alyaskadagi Talkitna shahrida hokim lavozimini egallagan Stabbs laqabli mushuk 20 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda New York Daily News yozmoqda.
1998 yilda Stabbs 900 kishidan iborat bo‘lgan shaharchaning hokimiga aylandi. Shunisi e'tiborliki, Talkitnada inson-hokim yo‘q. Hayotdan ko‘z yumgan mushukning egalari Stabbs bilan bir tom ostida yashagan mushukchani hokim lavozimiga tavsiya etishgan.
2013 yilda Stabbs “suiqasd”dan so‘ng shifoxonaga tushdi – shahar ma'muriyati rahbariga it hujum qilgan. Mushuk jiddiy jarohatlar oldi.
Hayvon saylovlar natijasiga ko‘ra shahar rahbari lavozimini egallagan. Talkitna shahrida rasmiy ma'muriyatning o‘zi yo‘q: u jamoalar o‘rtasidagi hudud sanalib, bironta munitsipalitet tarkibiga kirmaydi.
Mavzuga oid
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
18:31 / 26.01.2026
Hokimlar yanvar oyida 400 ga yaqin qarorni asossiz yashirgani ma’lum bo‘ldi
21:16 / 24.01.2026