Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «PSJ»ga yana bir shart qo‘ygan
«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishi uchun qo‘ygan talablardan biri ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Le Parisen nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi parijliklar «Liverpul» yarimhimoyachisi Filippe Koutinoni sotib olishini istagan. Ammo, «PSJ» Koutinoni sotib olishga ishonchi komil emas, sabab uning juda qimmat transfer narxi (taxminan 90 million yevro) bunga xalaqit berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Dani Alves ham aynan Neymarning talabi bilan «PSJ»ga o‘tgani xabar qilingandi.
Neymar shuningdek «PSJ» Lukas Mourani saqlab qolishni so‘ragan. Shuningdek u klub yana ikki nafar jahon darajasidagi futbolchi sotib olishini so‘ragan.
Biroq, «PSJ» Neymarni sotib olgan taqdirda uning boshqa talablarini bajara olishiga ishonmayapti. Uning o‘ta yuqori transfer narxi sabab klub Aleksis Sanchesni sotib olish fikridan qaytgan.
Mavzuga oid
19:28
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
15:43 / 31.05.2026