Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «PSJ»ga o‘z shartlarini ma'lum qilgan
«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishi uchun bir qator shartlar qo‘ygan.
Le Parisien xabariga ko‘ra, u «PSJ»dan 4 nafar futbolchi sotib olishni, yana bir futbolchisiga keng sharoitlar taqdim etishni talab qilgan. Daxlsizlik haqidagi gap Lukas Mouraga tegishli ekani aytilgan. U istagan yangi futbolchilarning biri sotib olib bo‘lingan: bu «Barselona» va «Yuventus»ning sobiq futbolchisi Dani Alvesdir. Bundan tashqari, Neymar parijliklar tarkibida «Liverpul» futbolchisi Koutinoni ko‘rishni istamoqda. Yana ikki futbolchi nomi noma'lum qolmoqda.
Bundan avvalroq, kataloniyaliklar klubi futbolchilari va klub rahbariyati Neymarni «PSJ»ga o‘tishdan qaytarish uchun harakat qilayotgani aytilgandi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, Parij jamoasi futbolchini 222 mln yevroga xarid qilib, unga yiliga 30 mln yevro miqdoridagi maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif etgan.
Mavzuga oid
19:28
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
15:43 / 31.05.2026