Jahon | 09:36 / 26.07.2017
4343
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirishda aybladi

Foto: AFP

BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi.

«Biz Yaqin Sharqni muhokama qilish uchun har oylik yig‘ilishga keldik. Murakkab va oxiri ko‘rinmayotgan mojaro ko‘plab amerikaliklarni xafa qilmoqda, u meni xafa qilmoqda. Biroq, rostini aytganda, Xavfsizlik kengashi ko‘p hollarda Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirmoqda», - deya Xeylining so‘zlarini keltiradi TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xavfsizlik kengashi Isroilga katta e'tibor qaratmoqda va Yaqin Sharqdagi mojaro hamda qotilliklarning asosiy aybdorlarini tan olishdan bosh tortmoqda. AQShning fikricha, ular – Eron va Livanning «Xezbolloh» qurolli guruhidir.

Avvalroq Tramp Eronga “katta muammolar” bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid