Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yangi benzin va dizel avtomobillar sotuvi taqiqlanadi
Buyuk Britaniya hukumati 2040 yildan benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillar sotuvini taqiqlamoqchi. Bu hukumatning havo ifloslanishiga qarshi kurashish rejasida ko‘zda tutilgan. Bu reja 31 iyulda taqdim qilinadi.
Havo sifatini yaxshilash bo‘yicha dasturga umumiy hisobda 3 mlrd funt sterling sarflash rejalashtirilmoqda. Rejaga ko‘ra, neft mahsulotlarida ishlovchi mashinalar sotishni taqiqlashdan tashqari, jamoat transportini almashtirish, "yotuvchi politsiyachi"lar (mashinalar tez yurmasligi uchun mo‘ljallangan yo‘ldagi do‘ngalaklar) miqdorini o‘zgartirish va svetoforlarni qayta dasturlash ko‘zda tutilgan.
Britaniya hukumati rejani oliy sud qaroriga ko‘ra taqdim qilishga majbur bo‘lmoqda. Hukumat sudda ClientEarth harakatiga yutqazib qo‘ygan. 2015 yilda faollar oliy sudda yutib chiqqandilar, biroq o‘shanda taqdim qilingan reja ularni qoniqtirmagan va ular sudga qayta murojaat qilgandilar.
Britaniya hukumatining bu bayonoti Fransiyadagi shunday va'dalardan keyin yangragan. Fransiyada 2040 yildan boshlab benzin va dizelda ishlovchi mashinalar sotish mumkin emasligi aytilgan.
Tahlilchilarning fikricha, 2038 yilga kelib elektromobillar savdosi oddiy avtomobillarnikidan o‘tib ketadi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026