Jahon | 10:31 / 26.07.2017
12642
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda 43 kishi umrbod ozodlikdan mahrum etildi
Misrda 43 kishi umrbod ozodlikdan mahrum etildi (ushbu davlatda bu 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga teng). Ular 2011 yilda bosh vazir ma'muriyati binosi yonida sodir bo‘lgan tartibsizliklar davomida ro‘y bergan zo‘ravonlik holatlariga aloqador ekani aytilmoqda.
“Anadolu”ning Misr sud idoralaridagi manbalarga asosan ma'lumot berishicha, Qohira jinoiy sudi 43 nafar ayblanuvchini umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi va taxminan 1 million AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortgan.
Bu ishda ayblanuvchi sifatida o‘tgan to‘qqiz nafar bolaga o‘n yil berilgan, bir qiz esa besh yilga qamaldi. 92 inson oqlangan.
Mavzuga oid
14:20
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024