Jamiyat | 09:30 / 26.07.2017
7586
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada pensioner ayoldan 50 mlrd zimbabve dollarini o‘g‘irlashdi

Moskva shahrida pensioner ayoldan 50 mlrd zimbabve dollarini o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbaga asosan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, boshqa hududdan kelgan erkak shahar janubidagi Krivorojsk ko‘chasidagi xonadonda o‘g‘irlikni sodir etgan. Politsiyachilar gumonlanuvchini qo‘lga olishdi.

Agentlik suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, dollarlar hech qanday qiymatga ega emas, sababi Zimbabveda ular bir necha yil muqaddam muomaladan chiqarilgan. Shuningdek, uning xabar berishicha, erkak zargarlik buyumlari va boshqa davlatlar valyutalaridagi pullarni o‘margan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, o‘g‘ri xonadonga deraza orqali kirgan.

Ma'lumot uchun, Zimbabve dollari 2009 yilda muomaladan chiqarilgan. Bu holat yillik inflyatsiya 231 million foizni tashkil etib, mamlakatda maksimal qiymati 100 trln dollar bo‘lgan qog‘oz pullar chiqarilgach, ro‘y bergan. O‘shandan beri Zimbabve o‘zining valyutasiga ega emas, u yerda hisob-kitob uchun Amerika dollari, Janubiy Afrika rendi, Xitoy yuani va boshqa valyutalardan foydalanishadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid