Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Navoiyazot» AJ loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar jalb qiladi
«Navoiyazot» AJ ikkita investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xorijiy kreditlarni jalb etadi.
O‘zbekiston Prezidenti 2017 yilning 24 iyul kuni «Navoiyazot» AJda investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, «Navoiyazot» AJ ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun yapon banklari kreditini jalb etadi.
Bank of Tokyo Mitsubishi boshchiligidagi yapon banklari konsorsiumi Yaponiya eksport-kredit agentligining 21,74 mln. AQSh dollari miqdoridagi moliya mablag‘larini taqdim etadi. Kredit 7 yillik muddatga beriladi.
Commerzbank (Germaniya) va Crédit Suisse (Shveytsariya) banklari konsorsiumi esa «Navoiyazot» AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasini amalga oshirish uchun 115,62 mln. AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etadi. Ushbu kredit 11 yillik muddatga beriladi.
O‘zbekiston rahbari «Asaka» ATB va «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga «Navoiyazot» AJga milliy valyutada qiymati 35,4 mln. AQSh dollarilik kredit liniyalari ochilishini ta'minlash vazifasini yukladi. U 10 yillik muddatga beriladi.
Prezident «Navoiyazot» AJga istisno tariqasida, qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 2018 yilning 1 iyuliga qadar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga, qurilish ishlarini olib borishga ham ruxsat berdi.
Mavzuga oid
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
21:43 / 25.05.2026
Tadbirkorlar uchun yangi raqamli moliyaviy tizim taklif qilindi
14:21 / 23.04.2026
Qarzdorning kartasidan avtomatik pul yechilganda kamida 1,2 mln so‘m qolishi shart bo‘ldi
21:10 / 14.04.2026