Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Donbassga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi
«Ukrenergo» 26 iyuldan Donbassdagi Ukraina nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya direktori vazifasini bajaruvchi Vsevolod Kovalchuk feysbukdagi sahifasida xabar qilgan.
«Rasman. 2017 yilning 26 iyul soat 00.00 dan Donetsk viloyatining nazorat ostida bo‘lmagan tumanlariga elektr energiyasini yetkazib berish to‘xtatildi», - deya yozgan u.
Kovalchukning aniqlik kiritishicha, Donetsk va Lugansk viloyatlari hududlarida Ukrainaning boshqa qismidagi elektr stansiyalar ishlab chiqaruvchi elektr energiyasi iste'mol qilinmaydi, ehtiyoj esa Starobeshevsk va Zuyevsk IESlar, mintaqadagi boshqa ishlab chiqaruvchilar hamda Rossiyadan yetkazib beriluvchi elektr quvvati hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
20:40 / 05.07.2026
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026