Sport | 17:00 / 26.07.2017
5848
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik para-atletikachilar xalqaro musobaqada 7 ta medalni qo‘lga kiritdi

Foto: olamsport.com

26 iyul kuni para-atletika bo‘yicha Londonda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar vatanga qaytishdi.

Londonda 10 kun davom etgan jahon chempionatida nayza otish bo‘yicha Aleksandr Svechnikov, uzunlikka sakrashdan Doniyor Soliyev, disk otishda esa Husniddin Norbekovlar oltin medal sohibiga aylanishdi. Kumush medallar esa Nozima Qayumova (disk otish), Sofiya Burxonova (yadro uloqtirish va disk otish) hamda Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish) hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘zbekistonlik sportchilar umumiy hisobda 7 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid