Jahon | 11:17 / 27.07.2017
5834
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Ibodat tepaligidan to‘siqlarni olib tashladi

Isroil hukumati Ibodat tepaligiga asosiy kirish qismida bo‘lgan metall konstruksiyalarni olib tashladi. Bu muqaddas joy bilan bog‘liq ikki haftalik mojaroni hal qilish maqsadida qilindi, deb xabar bermoqda mahalliy televideniyening Ikkinchi kanali.

Taqdim etilgan videoda kechki payt ishchilar kishilarni metall buyumlarni qidirish qurilmalariga qarab yo‘llashi lozim bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlashayotgani tasvirlangan. Bu yerdan elektron qurilmalar ikki kun avval olib chiqib ketilgan.

“Kan” davlat radiostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ko‘plab kishilar kechqurun ko‘chalarda bu holatni olqishlashgan, biroq Ibodat tepaligiga hozircha qaytib kelishmadi. Ular o‘z diniy yetakchilarining xulosasini kutishmoqda. Avvalroq ular videokameralar hamda metalltopgichlarni olib tashlashning o‘zi yetarli emas, deb baholashgan hamda Isroil hukumatidan Ibodat tepaligiga kirishda hech qanday nazorat vositalari bo‘lmasligini talab qilishgandi.

Eslatib o‘tamiz, mojaro 14 iyuldan beri davom etmoqda. O‘shanda Isroil hukumati Eski shaharda ikki politsiyachining o‘ldirilishi tufayli Ibodat tepaligiga keluvchilarni nazoratdan o‘tkazish haqida qaror qabul qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid