Jahon | 07:47 / 27.07.2017
7178
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilda 9 may G‘alaba kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi

Foto: AFP

Isroilda endilikda 9 may natsist Germaniya ustidan G‘alaba kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Bu haqdagi qonun loyihasi mamlakat parlamenti deputatlari tomondan bir ovozdan ma'qullandi.

Ushbu tashabbus mualliflaridan biri, "Isroil bizning uy" partiyasi deputati Oded Forer qonunni "Isroilning kelajak avlod uchun G‘alaba kuni haqidagi xotirani saqlab qolish burchi" deb atadi. Uning aytishicha, Ikkinchi jahon urushida 1,5 mln dan ko‘proq yahudiy qatnashgan.

G‘arb davlatlarida natsist Germaniyasining yakson qilingani 8 may kuni nishonlanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid