Jamiyat | 12:42 / 27.07.2017
7983
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati IIB giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar haqida ma'lumot berdi

Giyohvandlikka ruju qo‘ygan inson odamiylik, insonparvarlik, qon-qarindoshlik rishtalarini butunlay unutadi. Narkotik moddalarning barchasi naslga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Giyohvand ayol yoki erkakning farzandlari tug‘ma nogiron, mayib-majruh, aqli zaif, jismonan rivojlanmaydigan bo‘lib tug‘iladi. Yana shuni aytish lozimki giyohvandlarning aksariyati o‘pka saratoni, asab, bo‘g‘ma kasalliklar bilan og‘riydi. Giyohvandlarning umri fojia bilan tugaydi. Toshkent viloyati IIB giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar haqida ma'lumot berdi.

Joriy yilning 7 iyul kuni soat 15.30 da o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida  Yangiyo‘l tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. Yangiyo‘l tumani T.Jo‘rabekov ko‘chasida gumonlanib tekshirilganda, yonidan 607,8 gr. «marixuana» giyohvand moddasi olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bekobod shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1983 yilda tug‘ilgan S.K. shu yilning 12 iyul kuni soat 13.00 da, 12-daha hududida 20,4 gr. «marixuana» giyohvand moddasini 50.000 so‘m pul evaziga vaqtincha ishsiz, V.K.ga sotayotgan vaqtida aniqlanib, ushlangan. Ushbu holat yuzasidan S.K.ning uyi gumonlanib tekshirilganda, uyi mehmonxonasidan 45,2 gr. «marixuana» giyohvand moddasi olindi.

Chirchiq shahrida, 17 iyul kuni soat 21.30 da o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Chirchiq shahrida joylashgan AYoQShning oldida vaqtincha ishsiz, 1978 yilda tug‘ilgan I.X. 471,5 gr. «marixuana» giyohvand moddasini vaqtincha ishsiz, 1963 yilda tug‘ilgan A.X.ga 400.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid