Toshkentda 4 nafar bosqinchi ushlandi
2017 yilning 24 iyul kuni taxminan soat 03:30larda noma'lum shaxslar bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro Rahimjon Sabirovning (jabrlanuvchilarning anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadoniga devordan oshib o‘tish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, R.Sabirov va uning turmush o‘rtog‘i Nargiza Achilovaga tan jarohatlari yetkazib, ularga tegishli jami 468.000 so‘mlik mol-mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, jinoyat joyidan yashiringanlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov- tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Hojiakbar Sultanbayev, G‘anisher Komalidinov, Farruxbek Roziqov va Ilhomjon Izzatullayev sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rgan shaxslar «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlarini so‘raymiz.
Mavzuga oid
18:31 / 18.10.2024
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha 2 oyga yopiladi
22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi
07:28 / 30.08.2024
Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qismi ochildi
08:06 / 25.07.2024