Jamiyat | 15:30 / 28.07.2017
8645
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p miqdordagi tuz inson miyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi

Olimlarning aniqlashicha, haddan tashqari ko‘p miqdorda tuz iste'mol qilish, ko‘p o‘tirish va kognitiv buzilishlar o‘rtasida bog‘liqlik bor.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta'kidlashicha, har kuni 3-4 grammdan ortiq tuz iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi. Ushbu ko‘rsatkichdan ortiq hajmdagi tuzning iste'moli bosh miya tomirlari, uning chuqur tuzilmalaridagi almashinuv jarayonlarini yomonlashtiradi. Bu haqda Kp.ru yozmoqda.

Kardiolog shifokor Tamara Ogiyevaning so‘zlariga ko‘ra, osh tuzidan to‘liq voz kechish ham organizmga zarar keltiradi, sababi moddalar almashinuvi va kislota-ishqor muvozanatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid