Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya navbatdagi raketasini uchirdi
Shimoliy Koreya navbatdagi raketasini uchirdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar bermoqda.
Ayni paytda rasmiy Tokio Yaponiya bosh vaziri qarorgohida joylashgan maxsus markazda raketalarning uchirilishi bo‘yicha ma'lumotlar yig‘moqda va tahlil etmoqda.
Yaponiya mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, raketa 45 daqiqa uchgan va Yapon dengizidagi Yaponiya iqtisodiy zonasida qulagan bo‘lishi mumkin. Yaponiya hukumati amaldorining so‘zlariga ko‘ra, raketa mahalliy vaqt bilan yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 20:00da) uchirilgan. Talofatlar haqida hech qanday ma'lumotlar yo‘q.
NHK ma'lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya so‘nggi yilda 20 ta ballistik raketa uchirishga muvaffaq bo‘lgan.
"Ryonxap" agentligining ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtabida ushbu raketa sinovi bo‘lib o‘tgani tasdiqlangan. "Shimoliy Koreya tomoni Chagando provinsiyasidan Yapon dengiziga qarata, katta ehtimol bilan ballistik raketa uchirdi", deyiladi shtab bergan ma'lumotda.
Mavzuga oid
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
22:52 / 22.05.2026