O‘zbekiston | 19:34 / 28.07.2017
12027
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston O‘sh shahrida maktab qurib beradi

2017 yilning 28 iyul kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida umumta'lim maktabini qurish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi elchisi va Qirg‘iziston Respublikasi Ta'lim va fan vaziri darajasida imzolandi.

Bitimning maqsadi O‘zbekiston tomoni mablag‘i hisobidan 630 o‘rinli umumta'lim maktabini qurish va uni Qirg‘iziston tomoniga mulk sifatida beg‘araz topshirishdan iborat.

Shubhasiz, mazkur loyihaning amalga oshirilishi tarixan shakllanib kelgan o‘zbek va qirg‘iz birodar xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid