O‘zbekiston | 12:00 / 28.07.2017
71815
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida «yettilik» ishdan ketdi

Foto: «Toshvil.uz»

28 iyul kuni Toshkent viloyati hokimligida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Zangiota tumani hokimi Sa’di Shermatov lavozimidan ozod etilgan. 

Tumanda jami yetti rahbar ishdan olingan. Hokim bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari, tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbari, tuman moliya bo‘limi rahbari hamda tuman g‘aznachiligi rahbari ishdan ketgan.

Sa’di Shermatov 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgandi.

Yig‘ilishda tumanning yangi hokimi ham tanishtirildi. Endi Abduvahob Ulashbayevich Tamekayev tumanga rahbarlik qiladi. U 1974 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, shu vaqtgacha Respublika «Agrobank» boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 iyul kungi «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 7 yil avval Zangiota tumaniga qo‘shilgan Toshkent tumani qaytadan tashkil etilgandi.

Mavzuga oid