Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku supermarketi xaridorni hushdan ketguncha muzlatgichga qamab qo‘ydi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahridagi supermarketlardan biri xaridorni hushidan ketguncha muzlatgichga qamab qo‘ydi. Jabrlanuvchi allaqachon politsiyaga murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda Vesti.Az portali.
"Bokuning Freshmart supermarketida iste'molchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish holati qayd etildi. Supermarket ma'muri Bokuning 37 yoshli fuqarosi Firuz Gaxramanov va uning do‘sti Navro‘z Sadiyevni qimmat ustarani o‘g‘irlaganlikda ayblab, ulardan 750 manat (441 AQSh dollari) to‘lashni talab qilgan. Aks holda, ular bilan qo‘riqchilar shug‘ullanishi bilan tahdid ham qilgan", — deb yozadi portal.
Shundan so‘ng, Sadiyev rozi bo‘lib, uyiga borib pul olib kelishini aytgan, oradan bir necha soat o‘tgach, talab qilingan pulni to‘play olmaganini bildirib, qo‘ng‘iroq qilgan.
"O‘shanda ma'mur va qo‘riqchilar F. Gaxramanovni kuch bilan muzlatgich xonaga qamashgan va hushidan ketgunicha u yerda ushlab turishgan. So‘ngra, uni supermarket binosida yarim tungacha saqlab, keyin qo‘yib yuborishgan. F. Gaxramanov ushbu holat yuzasidan politsiyaga murojaat qilganini bildirdi", — deyiladi Vesti.Az xabarida.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026