Putin davlatga xiyonat uchun sudlangan ikki ayolni afv etdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha sudlangan Marina Janjgava va Annik Kesyanni afv etdi.
Sochida yashovchi Janjgava va Kesyan 2008 yilda gruziyalik tanishlariga temir yo‘l orqali harbiy texnika harakatlanayotgani haqida sms-xabar jo‘natganlari uchun sudlanganlar. Janjgavaga 12 yillik, Kesyanga 8 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgandi.
“2015 yil 17 avgustda Krasnodar o‘lkasi sudi tomondan sudlangan, 1959 yilda tug‘ilgan Kesyan Annik Ovanesovna afv etilsin”, deyilgan farmonda.
Ikkinchi farmon 1958 yilda tug‘ilgan, 2014 yil 12 may kuni Rostov-Donning Lenin tuman sudi tomondan sudlangan Marina Janjgavaning afv etilishiga taalluqli.
Avvalroq Putin shunga o‘xshash ish bo‘yicha sudlangan Oksana Sevastidini afv etgandi. U 12 mart kuni ozodlikka chiqqan. Keyinroq ayolning advokatlari jazo hukmi bekor qilinishiga urinishgan, biroq oliy sud uni qonuniy deb topgan.
Mavzuga oid
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21 / 23.11.2024
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024