Tramp Rossiyaga qarshi kuchaytirilgan sanksiyalarni imzolashni rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp RF, Eron va KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini imzolashni rejalashtirmoqda, deya ma'lum qildi Oq uy vakillari.
"Prezident Donald Tramp qonun loyihasining dastlabki namunalarini o‘qib chiqib, uning muhim jihatlarini muhokama qilgan edi. Endilikda, u yakuniy namuna bilan tanishib, uning e'tirozlari e'tiborga olinganini ko‘rgach, hujjatni ma'qulladi va uni imzolash niyatda", — deyiladi Oq uy matbuot xizmati axborotnomasida.
AQSh Senati Rossiya, Eron va KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytiruvchi qonun loyihasini qabul qilgan edi. Bundan avval, Vakillar palatasi aksar ko‘pchilik ovoz bilan uni tasdiqlagandi.
Asosan, Rossiya iqtisodiyotiga qarshi yo‘naltirilgan qonun loyihasi sohaviy sanksiyalarni ko‘zda tutadi. Xususan, u Amerika sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan Rossiya banklarini moliyalashtirishning eng yuqori muddatini imkon qadar qisqartirib, 14 kunga tushiradi. Neftgaz sohasini moliyalashni 60 kungacha qisqartiradi.
Kreml ma'muriyati hujjatni salbiy baholagan bo‘lsa, YeI "Vashingtonning bir tomonlama harakatlari", deya e'tirof etdi.
Mavzuga oid
13:10 / 22.10.2024
Politico: YeIda RFga qarshi sanksiyalar bo‘yicha muhokama qayta boshlanadi
13:35 / 12.10.2024
London 37 kompaniyani RF neftiga sanksiyalarni chetlab o‘tishda gumon qilmoqda
20:50 / 11.10.2024
Qozog‘iston fond birjasi Moskva birjasi bilan barcha aloqalarni uzdi
21:59 / 08.10.2024