Sport | 09:40 / 30.07.2017
12978
2 daqiqa o‘qiladi

Dani Alves Neymarni jasur bo‘lishga chaqirdi

«PSJ» himoyachisi Dani Alves «Barselona» hujumchisi Neymar bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. OAVda ushbu braziliyalik futbolchi 222 mln yevro evaziga «PSJ»ga o‘tishi haqida aytilmoqda.

«Umid qilamanki, Neymar «PSJ»ga o‘tadi. Bu uning uchun juda muhim qaror bo‘ladi. Erkak kishi shunday qarorlarni qabul qila olishi kerak. U mening eng yaxshi do‘stlarimdan biri, men esa do‘stlarim yonimda bo‘lishini istayman. O‘z vaqtida men unga «Barselona»ga kelishni maslahat qilgandim. Yo‘q, men u uchun qaror qilmaganman, shunchaki klub haqida unga so‘zlab bergandim.

Bunday qarorlarni – jasur kishilar qabul qilishadi. U o‘zi uchun qaror qabul qilishi kerak, u rostdan ham rivojlanishni istaydimi? Hammasi uning o‘ziga bog‘liq – u «Barselona»da qolishni istasa, qolsin, boshqa klubga o‘tishni istasa – o‘tsin. Men do‘stim baxtiyor bo‘lishini istayman. Men u bilan har kuni gaplashaman, ammo faqat futbol haqida emas. Men uni tinchlantirishga harakat qilaman, chunki, odamlar seni tinmasdan muhokama qilishi bu qanday holat ekanini yaxshi bilaman. Muhim qarorlarni xotirjamlikda qabul qilmoq kerak. Ba'zida egoist bo‘lishga ham to‘g‘ri keladi, chunki klublar sen juda zo‘r natijalar ko‘rsatmayotganingda sen haqda qayg‘urmaydi. Men bilan shunday bo‘lgan. Men unga deyman: jasur bo‘l! Dunyo jasurlarga tegishli», — degan Alves L'Equipe uchun bergan intervyusida.

Mavzuga oid