Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning o‘g‘li yana ukalar istamoqda
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelgusida oilasi yanada katta bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.
– Kichik Krishtianuda endi katta mas'uliyat paydo bo‘ldimi?
– Ha, oilamizda eng kattasi bo‘ladi. U bundan xursand.
Bilasizmi, u menga nima dedi: «Dada, men yana ukalarim bo‘lishini xohlayman». Hozir emasdir, kelajakda. U sehrli raqamni xohlamoqda – yetti. Men unga aytdim: «Kel shoshilmaylik. Barchasi xudoning qo‘lida», – degan Ronaldu Xitoy televideniyesi efirida.
Futbolchining o‘zi «Real»da ham, Portugaliya terma jamoasida ham 7-raqamda harakat qiladi. U hozircha oila qurib ulgurmagan bo‘lsa-da, uch farzandning otasi. Farzandlarning barchasi surrogat onalardan tug‘ilgan, 7 yoshli Krishtianu va o‘tgan oyda dunyoga kelgan egizaklar Yeva hamda Mateo. Ayni vaqtda uning mahbubasi Jorjina Rodriges homilador.
Mavzuga oid
11:03
«Real»da mag‘lubiyat, «Siti»da qiyin g‘alaba. Kun o‘yinlari
13:22 / 18.02.2026
«Real» o‘yini 10 daqiqaga to‘xtab qoldi, «Galatasaroy» 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
11:47 / 15.02.2026