Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadroviy kelishuvdan chiqish bilan tahdid qildi
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Araqchining ma'lum qilishicha, Tehron agar zarar foydadan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, yadroviy kelishuvdan chiqadi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.
Araqchining aytishicha, “Eron yadroviy kelishuvi mamlakatga xizmat qilguniga qadar amal qiladi”.
Shu bilan birga Araqchining ta'kidlashicha, yadroviy kelishuvning salbiy tomonlari ijobiy tomonlaridan ustun kelsa, Eron kelishuvdan qo‘rqmasdan chiqa oladi.
Araqchi shuningdek AQShni kelishuv bajarilishiga putur yetkazishda va Tehronni bunga javobgar tomon qilishga urinishda aybladi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligining qurollanishni nazorat qilish masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Mixail Ulyanov AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv doirasida o‘z majburiyatlarini yomon bajarayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026