O‘zbekiston | 13:01 / 31.07.2017
9925
3 daqiqa o‘qiladi

Parlament muhokamalari birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi

Foto: Fotolia

Mamlakat Prezidenti shu yilning 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma'ruzasida qonun loyihalari bo‘yicha muhokama jarayonlarini, parlament nazoratiga oid tadbirlarni, fraksiyalar o‘rtasida bo‘layotgan bahs-munozaralarni, jonli tarzda, kerak bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolarga yetkazish lozimligini ta'kidlagan edi. 

Bugun “O‘zbekiston” telekanalida quyi palataning qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan majlisi ilk bora to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Majlis kun tartibidan 20 dan ortiq masalalar xususan, mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o‘ta muhim o‘rin tutadigan qonun loyihalari o‘rin olgan bo‘lib, bundan avval har bir masala palata qo‘mitalarida va siyosiy partiyalar fraksiyalarida dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, fraksiyalar pozitsiyalari shakllantirilgan edi.  Fuqarolar parlamentdagi muhokamalar va bahs munozaralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri  guvoh bo‘ldi.

Deputatlar kun tartibidagi ikkita yangi qonun loyihasini, ya'ni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi (ma'ruzachi Akmal Saidov, qo‘mita raisi) hamda “Bolalar sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi (Rasul Kusherbayev, deputat)O‘zbekiston Respublikasi qonunini deputatlar va ishchi guruhi a'zolari, tegishli tashkilot mas'ullari bilan birinchi o‘qishda qabul qildilar.

Yalpi majlisning muhim jihati - unda ilk marotaba muhokamalarda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi a'zolari va yoshlari ishtirok etdi. 

Avvalroq OAVda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid