Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAVda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yiladi
Endilikda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yiladi. Ya'ni, ma'lum bir axborotlar televideniye, internet nashrlar va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi. Bu barcha ota-onalar uchun yana bir karra o‘z farzandlari sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida qo‘shimcha mas'uliyat yuklaydi, deb xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Facebook'dagi sahifasida.
Ma'lum qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Qonun loyihasi bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish va ularning takliflarini olish maqsadida joylarda o‘tkazayotgan muloqotlarda fuqarolar o‘zlarining ko‘plab takliflarini bildirishgan.
Mavzuga oid
09:55 / 10.07.2026
Davlat axborot tizimlarida Open API tamoyili joriy etiladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026