Jahon | 14:16 / 31.07.2017
10526
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni sharqida terakt yuz berdi

Saudiya Arabistonida terakt yuz berdi. Mamlakat sharqidagi Katif shahrida patrul avtomobiliga qurolli hujum uyushtirildi, deb xabar qilmoqda SPA agentligi.

Hodisa natijasida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana olti nafari turli jarohatlar oldi.

Avtomobil granatomyotdan o‘qqa tutilgan. Xabar qilinishicha, bu Katif shahrida bir oy ichidagi oltinchi terrorchilik hujumidir.

Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid