Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Neymarning narxini tushirishga tayyor
«Barselona» rahbariyati Neymarni «PSJ»ga sotishga rozi bo‘lgan. 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferi yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, parijliklar yarim himoyachisi Marko Verrattini «ko‘k-anorranglilar»ga berishga rozi bo‘lsa, kataloniyaliklar Neymarning narxini pasaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchining shartnomadagi badal puli 222 mln yevroni tashkil qiladi. Bunday miqdordagi pul esa fair play qoidalari buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, soliqlar tufayli bu miqdor 300 million yevroga qadar o‘sishi mumkin.
Bundan avvalroq «Barselona» Italiya terma jamoasi futbolchisini qo‘lga kiritishga bir necha marta urinib ko‘rgandi, ammo «PSJ» rad javobini bergandi.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026