Jahon | 15:40 / 03.08.2017
4990
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan AQShga import Trampning tahdidlariga qaramay, besh yillik maksimumga erishdi

Foto: AP

2017 yilning yanvar-may oylarida Xitoydan AQShga mahsulotlar importi 10 foizga oshdi. Bu 2012 yildan beri o‘sishning rekord ko‘rsatkichiga aylandi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi ma'lumotlariga asosan.

Byurodan aniqlik kiritishlaricha, Xitoydan AQShga import hajmi 8 foizadan ko‘proqni tashkil etdi.

Shu tariqa, deya xulosa qiladi agentlik, xususiy sektorda hozircha AQSh va Xitoyning ehtimoliy savdo urushi bo‘yicha xavotirlar yo‘q. Bu Oq uy tomonidan ham, ekspertlar hamjamiyati tomonidan ham aytilgan bo‘lsa-da, barchasi aksincha tus oldi.

Avvalroq Xitoy Koreya yarim orolidagi vaziyatga AQSh va KXDR mas'ul ekani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid