O‘zbekiston | 20:34 / 03.08.2017
42356
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev: Viloyatlardan kelgan ijodkorlarning propiskasi yuz foizga hal qilinadi

Foto: "Kun"

3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, adabiyot muzeylarining ahvoli qoniqarsiz ekani qayd etilgan.

Davlat rahbari bosh vazir A.Aripovga har bir rahbar qachon teatrga borgani, qancha kitob o‘qigani, oilasini qachon teatrga olib borgani bo‘yicha mexanizmni ishlab chiqish haqida gapirgan.

Bundan tashqari, videoselektorda aytilishicha, badiiy-ijodiyot va OAV xodimlarining gonorarlari oshirilishi ma'lum qilingan. Joylarda ijodkorlar uylari imtiyozli kredit asosida quriladi. Har bir viloyatda 2 tadan ijodkorlar uyi barpo etiladi. 

Mirziyoyevning aytishicha, viloyatlardan kelgan ijodkorlarning propiskasi yuz foizga hal qilinadi. Toshkentga viloyatlardan kelib ijod qilayotganlarda propiska muammosi bo‘lmasligini kerakligi aytildi. Pensiya yoshidagi ijodkorlar pensiyani ham, gonorarni ham to‘liq oladigan bo‘ladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid