Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hadisshunoslik maktabi tashkil etiladi
2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda madaniyat, san'at, adabiyot va OAVdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda qator idora, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, Prezident o‘z so‘zining boshida madaniyat va sport tizimidagi muammolarni ochiq-oydin aytish payti kelganligini ta'kidlagan. Shavkat Mirziyoyev ma'ruzasida Toshkentda Islom madaniyat markazining tashkil etilishi haqida gapirib, Imom al-Buxoriyning hadislar ilmiga bergan hissasi haqida to‘xtalib, hadisshunoslik maktabini tashkil qilish haqida gapirgan.
Prezident Islom madaniyat markazini qurish uchun arab mamlakatlari va boshqa davlatlardan kishilar taklif bilan chiqishgani, lekin bu markaz aynan O‘zbekistonning kuchi bilan qurilishini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026